11—12-aprel kunlari Toshkent shahrida Shanxay hamkorlik tashkilotining tranzit salohiyatini rivojlantirish bo‘yicha maxsus ishchi guruhning 10-majlisi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Tashqi savdo vazirligi matbuot xizmati “Daryo”ga xabar bermoqda.
Tadbir doirasida ShHTga a’zo mamlakatlar vakillari transport tizimi rivojlanishi va chegaralararo transport harakatining soddalashtirilishi istiqbollarini muhokama qildi.
Xususan, ishtirokchilar ShHTning yo‘llarni rivojlantirish dasturi loyihasini batafsil muhokama qildi.
Ushbu dastur xalqaro yuklarni avtomobil orqali tashish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish to‘g‘risidagi kelishuvning mantiqiy davomi hisoblanib, ShHTga a’zo davlatlarning transport xizmatlari bozorida raqobatbardoshligini oshirishga yo‘naltirilgan.
Izoh (0)