Toshkent viloyatining Ohangaron shahrida “Toshkent” choyxonasi ish boshqaruvchisi I. Qodirov qasddan bo‘lmagan qotillikda gumon qilinib, qo‘lga olindi. Bu haqda IIV jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.
U 22-mart kuni soat 17:30 atrofida ish joyida o‘zaro janjal oqibatida 1985-yilda tug‘ilgan H. Abdullayevning yuziga qo‘llari bilan urib, jarohat yetkazadi.
H. Abdullayev kasalxonaga olib ketilayotganda olamdan o‘tdi. I. Qodirov hibsga olindi.
Izoh (0)