Farg‘ona viloyatining Furqat tumanida 31-mart kuni Tojikiston fuqarosi Hyundai Sonata mashinasida yo‘l-transport hodisasi sodir etdi. Bu haqda IIV jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.
Shu kuni soat 13:00 atrofida 1971-yilda tug‘ilgan B. Boltayev avtomobilini Surpa mahallasi hududida haydab ketayotib, boshqaruvni uddalay olmadi va Spark hamda Matiz’ga borib urildi.
Natijada Hyundai Sonata yo‘lovchisi T.Otaboyeva, Spark va Matiz ortida turgan piyoda A. Ro‘ziyev jarohat olib, kasalxonaga yotqizildi.
Surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Izoh (0)