Toshkent viloyatining Chirchiq shahrida 31-mart kuni padarkushlik ro‘y berdi. Bu haqda IIV jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.
Shu kuni soat 24:00 atrofida 3-kichik tumanda yashovchi, 1998-yilda tug‘ilgan A. Alyayeva mast holda uyida janjal ko‘tardi. Mojaro asnosida otasi, 1975-yilda tug‘ilgan M. Alyayevning ko‘ksiga pichoq urib, jarohat yetkazdi.
M. Alyayev voqea joyida hayotdan ko‘z yumdi. Uning qizi qo‘lga olindi.
Surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Izoh (0)