Qashqadaryo viloyatining Kitob tumanidagi Mash’al qishlog‘ida oilaviy janjal qotillik bilan yakunlandi. Bu haqda IIV jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi ma’lum qildi.
15-mart kuni soat 20:45 atrofida “Beshterak” mahallasida yashovchi, 1952-yilda tug‘ilgan J.Ro‘ziyev uyida mast holda o‘g‘li, 1991-yilda tug‘ilgan A.Marqayevning ko‘ksiga pichoq bilan urib, jarohat yetkazdi.
A.Marqayev kasalxonaga olib ketilayotganida hayotdan ko‘z yumdi. J.Ro‘ziyev qo‘lga olindi.
Izoh (0)