Namanganga Navro‘z bayrami kunlari 5 tonnalik sumalak tayyorlash uchun Olmaliqdan ulkan o‘choq-qozon keltirildi. Bu haqda “Daryo” muxbiri xabar bermoqda.
Avval xabar berganimizdek, Namangan shahridagi Bobur nomli madaniyat va istirohat bog‘ida 20—21-mart kunlari ilk bor “Sumalak sayli” turizm va milliy qadriyatlar festivali o‘tkaziladi.
Festivalda 5 tonnalik sumalak tayyorlashga hozirlik ko‘rilib, buning uchun ishlatiladigan masalliqlar tayyorlanmoqda. Uni pishirishga 25 nafar onaxon jalb etiladi.
Sumalak Namanganga festivalga keladigan mehmonlar, shuningdek, Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilari, ehtiyojmand oilalarga tarqatilishi ko‘zda tutilgan.
Izoh (0)