Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko Rossiyada nafaqat qandolat mahsulotlari fabrikasiga, balki boshqa korxonalarga ham egalik qiladi. Bu haqda, “1+1” telekanaliga tayanib, “RIA Novosti” xabar qildi.
Jurnalistlarning ma’lumotlariga ko‘ra, Ukraina prezidentining “sirli aktivlari” orasida Rossiyada joylashgan kraxmal ishlab chiqaruvchi zavod va don yetishtiruvchi firma bor.
Bu korxonalar 2015-yilda Poroshenkoga 700 ming dollar daromad keltirgan. Ukraina prezidenti tomonidan Rossiya “tajovuzkor mamlakat” deb tan olinganidan so‘ng u o‘z biznesiga nisbatan egalik huquqidan voz kechmagan — u bilan bog‘liq yuridik shaxslar o‘z faoliyatini davom ettirmoqda.
Izoh (0)