Misrlik po‘lat magnati va prezident Husni Muborak davridagi siyosiy arbob sud ta’qibini to‘xtatish uchun davlatga 1,7 milliard Misr funti (96 million dollar) to‘laydi, deb yozadi “RIA Novosti”.
“28-fevral, chorshanba kuni bosh prokuror Nabil Sodiq rahbarligidagi chet eldan moliyaviy mablag‘lar va aktivlarni qaytarish bo‘yicha milliy komissiya tadbirkor Ahmad Izz bilan yarashishga rozi bo‘ldi”, — deyiladi MEHA Misr davlat agentligi.
Ahmad Izz — eng yirik po‘lat magnati, shuningdek, qachonlardir Misrda hukmronlik qilgan Milliy-demokratik partiya rahbarlaridan biri. Prezident Muborak hokimiyatiga nuqta qo‘ygan 2011-yilgi ommaviy xalq qo‘zg‘olonlaridan keyin bir qator vazirlar bilan birga Izz korrupsiyada ayblanib, hibsga olingan edi. Ezz Steel po‘lat kompaniyasi xo‘jayini Misr tashqarisida ko‘plab mayda firmalar ochganlikda va ularning hisoblariga noqonuniy ravishda pul ko‘chirganlikda ayblangan.
2014-yildayoq u ozodlikka chiqqan, biroq uzoq vaqt bir qator shov-shuvli jinoiy ishlar ishtirokchisi bo‘lib yurgan.
Izoh (0)