Venesuela hukumati bilan nizodan keyin o‘z lavozimidan olib tashlangan mamlakat sobiq bosh prokurori Luisa Ortega Dias Interpoldan prezident Nikolas Maduroga qarshi order berishni so‘radi, deb yozadi “RIA Novosti”.
“Men Interpoldan Nikolas Maduroga qarshi ‘qizil sirkulyar’ berishni so‘radim, toki u “Sammit Amerik” yoki yana boshqa joyga borsa, qo‘lga olinsin, shunda uni havoda to‘xtatib qolishadi va hibsga olishadi”, — dedi Ortega Dias.
Peru hukumati uning taklifnomasini qaytarib olganiga qaramasdan, Prezident Maduro hamon 13—14-aprel kunlari “Sammit Amerik”da qatnashish uchun Peruga bormoqchi.
Ortega Diasning o‘zi ham 2017-yil avgustida rasmiy Karakas tomonidan Interpolga qidiruvga berilgan edi. U lavozimidan olingach, Venesuelani tark etgan.
Izoh (0)