AQSh poytaxti tashqarisidagi harbiy bazada shubhali xatni ochishgach, 11 kishi jabrlandi, deb yozadi “RIA Novosti” mahalliy qutqaruvchilarga tayanib.
Hodisa Vashington tashqarisidagi Arlington okrugida yuz bergan.
“Bazaning ma’muriy binosida maktub ochilgach, 11 kishi o‘zini yomon his qildi”, — deyiladi xabarda.
Kasalxonaga yetkazilgan uch kishi ayni paytda barqaror holatda.
FQB bilan hamkorlikda tekshiruv olib borilmoqda. Hodisa yuz bergan bino evakuatsiya qilindi. Favqulodda hodisadan keyin baza normal hayotga qayta boshladi, uning ba’zi bo‘linmalari ishini davom ettirishga kirishdi.
Izoh (0)