Germaniyalik shahzoda, Gogensollernlar sulolasi vakili Karlos Patrik Godxard Frankfurtda 39 yoshida vafot etdi, deb xabar beradi Daily Mail.
Qayd etilishicha, shahzoda Intercontinental mehmonxonasining 21-qavatida joylashgan dahliz tomidan qulab vafot etgan. U hodisa joyida halok bo‘lgan.
Aynan nima yuz bergani noma’lum, biroq shahzoda o‘z joniga qasd qilgan bo‘lishi mumkinligi taxmin qilinmoqda. Holat yuzasidan gumondorlar qidirilmayapti.
Xabarda aytilishicha, Karlos Patrik Godxard firibgarlik uchun to‘rt yillik qamoq jazosini o‘tayotgan bo‘lgan. O‘sha kuni uni dam olishga chiqarishgan edi. Qamoq muddati joriy yilning iyul oyida tugashi kerak edi.
Shahzoda Karlosga san’at asarlari kolleksioneri bo‘lgan otasidan ko‘p millionlik meros qolgan. 2014-yilda u mavjud bo‘lmagan jamg‘armalar bilan ish olib borgani uchun qamalgan edi.
Izoh (0)