Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Turkiya yetakchisi Rajab Toyyib Erdo‘g‘on bilan telefon orqali muloqotda BMT Xavfsizlik kengashining Suriyada 30 kunlik sulh o‘rnatish haqidagi rezolyutsiyasi Afrin mintaqasiga ham taalluqli ekanligi haqida ogohlantirdi. Bu haqda EADaily xabar berdi.
“Prezident o‘t ochishni to‘xtatish tartibi butun Suriya, jumladan, Afringa ham tegishliligi va barcha tomonidan so‘zsiz bajarilishi lozimligini ta’kidladi”, — deyiladi Yelisey saroyi bayonotida.
Makron Erdo‘g‘on bilan suhbatda Turkiya shelf konlariga da’vogarlik qilayotgan Kipr qirg‘oqlari yaqinidagi vaziyatdan ham xavotir bildirdi.
Izoh (0)