Turk qurolli kuchlari Suriyaning Afrin shahrida o‘tkazgan operatsiyalar chog‘ida IShID va boshqa turli terrorchilik guruhlariga aloqador 2059 nafar terrorchini zararsizlantirdi, deb xabar beradi “RIA Novosti”.
Terrorchilar “Zaytun novdasi” harbiy operatsiyasi boshlanganidan hozirgi kunga qadar xavfsizlantirilgan.
Avvalroq, Turkiya qurolli kuchlari bosh shtabi mamlakat armiyasi Afrinda harbiy operatsiya boshlanganidan buyon 33 harbiy halok bo‘lgani va 150 kishi yaralanganini ma’lum qilgan edi.
Turkiya qurolli kuchlari 20-yanvar kuni Suriyaning Afrin shahrida kurd terrorchilik tuzilmalariga qarshi “Zaytun novdasi” harbiy operatsiyasini boshlagan edi.
Izoh (0)