Armanistonning Kotaysk viloyati, Charensavan tumanida, Yerevan — Sevan trassasida o‘ndan ortiq avtomobil to‘qnashdi. Bu haqda “Vestnik Kavkaza” xabar bermoqda.
Avariya oqibatida mashinalar temir-beton to‘siq va reklama ustuniga borib urildi, bir necha avtomobil yo‘ldan chiqib ketdi. Hodisa oqibatida jabrlanganlar bor.
Dastlabki taxminga ko‘ra, yo‘l-transport hodisasiga haydovchilarning e’tiborsizligi sabab bo‘ldi.
Izoh (0)