Buxoro shahridagi 54-maktabgacha ta’lim muassasasi mukammal ta’mirdan so‘ng foydalanishga topshirildi. Maktabgacha ta’lim vazirligi matbuot xizmatining xabar berishicha, ushbu bolalar bog‘chasi 1985-yilda qurilgan bo‘lib, shu kunga qadar mukammal ta’mirdan chiqarilmagan edi.
280 o‘ringa mo‘ljalllangan ushbu maktabgacha ta’lim muassasasida 1,27 milliard so‘mlik qurilish-ta’mirlash ishlari amalga oshirilgan.
Muassasa yumshoq va qattiq mebellar jamlamasi, bolalar uchun maxsus karavotlar, tibbiy asbob-uskunalar, musiqiy asboblar, turli o‘yinchoq va boshqa zarur jihozlar bilan to‘liq ta’minlangan.
“Shuningdek, bog‘chaga kompyuterlar va kuzatuv kameralari ham keltirildi”, — deyiladi vazirlik axborotida.
Izoh (0)