O‘zbekiston Afg‘onistonga yetkazib beriladigan elektr energiyasi uchun narxni pasaytirdi. Bu haqda Afg‘oniston prezidentining xavfsizlik masalalari bo‘yicha maslahatchisi Xanif Atmarning vakili Qodir Shoh ma’lum qildi, deb xabar beradi UZ24.
Vakilga ko‘ra, xavfsizlik masalalari bo‘yicha O‘zbekiston — Afg‘oniston qo‘shma komissiyasining birinchi yig‘ilishida ishtirok etgan Xanif Atmar O‘zbekiston bosh vazirining birinchi o‘rinbosari Ochilboy Ramatov bilan ham muzokaralar olib borgan.
Tomonlar Afg‘onistonga yetkaziladigan elektr energiyasini narxini 35 foizga — kilovatti uchun 7,6 sentdan 5 sentgacha pasaytirish to‘g‘risida kelishib oldi. Yangi narx shu oydan qo‘llanishni boshlaydi.
Ma’lumot uchun, oldinroq afg‘on mediasi Turkmaniston mamlakatga eksport qilinadigan elektr energiyasini narxini ikki barobar — kilovatti uchun 2 sentdan 4 sentgacha oshirgani haqida xabar bergandi.
Izoh (0)