Dunyo hamjamiyati Iroqni tiklashga kredit va investitsiyalar tariqasida 30 milliard dollar ajratadi. Kuvaytda 14-fevral kuni o‘z ishini yakunlagan xalqaro konferensiyasida donor-davlatlar zimmasiga shunday majburiyat oldi, deb xabar beradi “Korrespondent.net”.
Eng katta summalarni Turkiya (5 milliard dollar), AQSh (3 milliard dollar) va Fors ko‘rfazi davlatlari ajratadi. Germaniya 350, Yevroittifoq 400 million yevro va’da qildi.
Moliyaviy yordamning umumiy hajmi Iroq qo‘lga kiritmoqchi bo‘lganidan ancha kam ekanligi bildirilmoqda. Mamlakat hukumati IShID bilan urushdan ko‘rilgan zararni 46 milliard dollar baholagandi.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)