Gruziya sobiq prezidenti Mixail Saakashvili Niderlandiyada shaxsni tasdiqlovchi guvohnoma oldi. Endi u Yevroittifoq hududida yashash va ishlash huquqiga ega, deb xabar beradi “Izvestiya”.
“Amsterdamda oxirgi vaqtlarda birinchi bor shaxsimni tasdiqlovchi hujjat paydo bo‘ldi. Niderlandiyaga kelishim bilan uni menga taqdim etishdi”, — ma’lum qildi Saakashvili.
U Ukraina fuqaroligini tiklash niyatida ekanligini bildirdi.
Izoh (0)