Gruziya sobiq prezidenti va “Yangi kuchlar harakati” partiyasi yetakchisi Mixail Saakashvili 12-fevral, dushanba kuni Kiyevda qo‘lga olindi. Bu haqda uning matbuot kotibi Tatyana Bagranovskaya ma’lum qildi, deb xabar beradi “TASS”.
“Saakashvilini partiyamiz ofisi yaqinidagi ‘Suluguni’ restoranida qo‘lga olishdi. Uni o‘zini tanitmagan kamuflyajli kishilar kuch bilan oq furgonga chiqardi va noma’lum yo‘nalishda olib ketdi”, — dedi Bagranovskaya.
Hozirda Saakashvilining advokatlari uning olib ketilishi bilan bog‘liq barcha tafsilotlarni o‘rganmoqda.
Ukraina xavfsizlik xizmati va ichki ishlar vazirligi matbuot xizmatlari mazkur muassasalarning siyosatchi ushlanishiga aloqasi yo‘qligini bildirdi. Partiya vakillari Saakashvilining qo‘lga olinishi Migratsiya xizmati tomonidan uyushtirilganini istisno etmadi.
Izoh (0)