Italiyalik qariya plastik bochkalarda jami 40 million yevroga teng qalbaki pulni saqlab kelgani aniqlandi. Bu haqdagi ma’lumotni huquq-tartibot idoralari 12-fevral, dushanba kuni o‘tkazilgan tintuvdan so‘ng e’lon qildi, deb xabar beradi “Izvestiya”.
Karabinerlar qariyadan 50 va 100 yevro miqdoridagi soxta pullar solingan 90 ta paket topdi.
Qalbaki banknotalar o‘ta yuqori darajada tayyorlangani bildirilmoqda.
Izoh (0)