Avstriya janubi-sharqidagi Shtiriya federal yerida ikki yo‘lovchi poyezdi to‘qnashishi oqibatida bir kishi halok bo‘ldi, 20 kishi yaralandi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Hodisa Niklasdorf kommunasi yaqinida mahalliy vaqt bilan 12:25 da ro‘y berdi. Jabrlanganlardan bir necha kishi yengil yaralangani bildirilmoqda.
Voqea joyiga qutqaruv va o‘t o‘chirish xizmatlari yetib keldi.
Izoh (0)