O‘zini SpaceX kompaniyasining rahbari Ilon Mask va AQSh prezidenti Donald Tramp deya tanishtirib, Twitter va boshqa ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarining kriptovalyutalarini qo‘lga kiritayotgan firibgarlar paydo bo‘ldi, deb xabar berdi “Gazeta.ru”.
Xususan ular @Eilon_Musk, @ElonMuski, @EloonMusk, @Elonn_Musk va @Alon_Musk kabi soxta akkauntlardan foydalanib, ularning nomidan tvit yozmoqda. Firibgarlar o‘z hisobiga kichik qiymatdagi kriptovalyutani o‘tkazishlarini va buning evaziga katta miqdorda mukofot berishlarini aytib, odamlarni aldamoqda. Shu bilan birga, ular bu kabi postlarni mashhur kishilar va mansabdor shaxslarning rasmiy akkaunlariga joylashdan ham tortinmayapti.
@ElonMuski birinchi bo‘lib ijtimoiy tarmoqning 250 nafar foydalanuvchisiga tvitda ko‘rsatilgan manzilga 0,2 bitkoin o‘tkazib, evaziga 250 birlikdagi kriptovalyutaga ega bo‘lish taklifini bildirdi.
BuzzFeed News tahlillariga ko‘ra, firibgarlarning aynan shu maqsadda yaratilgan kamida 27 ta akkaunti aniqlangan.
Izoh (0)