Ruminiya oliy sudi mamlakatning sobiq moliya vaziri Darius Valkovni 8 yil qamoq jazosiga hukm qildi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
Aksilkorrupsiyaviy prokuratura mansabdorni 2015-yili kompaniyasi ochiq savdolarda yutib chiqishida nufuzidan foydalanishni so‘ragan biznesmendan pora tama qilishda ayblagandi. Valkov buning evaziga kontrakt qiymatining 20 foizini talab qildi va pullarni o‘zlashtirib yubordi.
Prokurorlar undan 3 ta tilla yombi, qiymati 1 million yevroga teng 172 ta kartinani musodara qildi va hisob raqamlarini muzlatib qo‘ydi.
Ma’lumot uchun, Valkov hozirda davlat kotibi va bosh vazir Viorika Denchilening yetakchi maslahatchisi lavozimida faoliyat ko‘rsatadi.
Izoh (0)