AQSh Kongressi vakillar palatasidagi demokratlar yetakchisi Nensi Pelosi hamkasblari oldida 8 soatdan oshiq chiqish qildi va palataning bir asrlik rekordini yangiladi. Bu haqda “Izvestiya” xabar bermoqda.
77 yoshli Pelosi 7-fevral kuni soat 10 da minbarni egalladi. Nutqi davomida noqonuniy muhojirlar manfaatini ifoda etdi, ularning badarg‘a qilinishdan himoya etish iltimos qilingan maktublarini o‘qib eshittirdi, Injildan iqtiboslar keltirdi.
U soat 18.10 da demokratlar olqishi ostida nutqini yakunladi.
Vakillar palatasining to‘xtovsiz nutq bo‘yicha avvalgi rekordi kongressmen Jeyms Klark tomonidan 1909-yilda o‘rnatilgan bo‘lib, uning chiqishi 5 soat va 15 daqiqaga cho‘zilgandi.
Izoh (0)