AQSh qurolli kuchlari shtab boshliqlari qo‘mitasi raisi Jozef Danford Vashingtonda yirik harbiy paradlar o‘tkazishni rejalashtirish boshlanganini tasdiqladi. Bu haqda “Izvestiya” xabar bermoqda.
OAVga ko‘ra, harbiy paradlarni o‘tkazish sanasi va manzili, bunga ketadigan xarajatlar va Vashington ko‘chalariga og‘ir texnikani olib chiqish nechog‘li maqsadga muvofiqligi muhokama etilmoqda.
Paradlardan biri 11-noyabrda nishonlanadigan Birinchi jahon urushi tugaganiga 100 yil to‘lishiga bag‘ishlanishi mumkinligi bildirilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq AQSh prezidenti Donald Tramp Pentagonga mamlakatda harbiy paradlar o‘tkazish imkoniyatini ko‘rib chiqishni topshirgani bildirilgandi.
Izoh (0)