Suriyadagi jangarilarga qarshi kurash bo‘yicha AQSh rahbarligidagi koalitsiya hukumatparast qo‘shinlarga qarata o‘t ochdi, deb yozadi “Gazeta.ru”.
Zarba berilishiga ular tomonidan Suriya demokratik kuchlari shtabiga hujum qilinishi sabab bo‘lgan, u yerda koalitsiya harbiylari ham bo‘lgan.
“Koalitsiya va ittifoqdoshlar kuchlarini himoya qilish maqsadida, koalitsiya hujum qilgan qo‘shinlarga zarbalar berdi, bu bilan IShIDga qarshi kurash bo‘yicha koalitsiyaning global operatsiyasida ishtirok etayotgan ittifoqdoshlarga qarshi tajovuzkorlik harakatini qaytarmoqchi edi”, — deyiladi koalitsiya bayonotida.
Koalitsiyadagilar demokratik kuchlar shtabiga hujumni qo‘zg‘atuvchi hech narsa bo‘lmaganini ta’kidladi.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)