Tayvandagi kuchli zilzila qurbonlari soni 9 kishiga yetdi. Bu haqda xabar “RIA Novosti” bermoqda.
266 kishi jarohatlandi, 62 kishi aloqaga chiqmagani sababli bedarak yo‘qolgan hisoblanmoqda.
Oldinroq tabiiy ofatda 4 kishi o‘lgani, 255 kishi jabrlangani bildirilgandi.
Qidiruv-qutqaruv operatsiyasi davom etmoqda, unda harbiylar, shifokorlar, qutqaruvchilar, o‘t o‘chiruvchilar va politsiyachilar qatnashmoqda.
Izoh (0)