Turkiyalik musulmonlarga ovqat yeyish va suv ichish uchun chap qo‘ldan foydalanish tavsiya etilmaydi. Bu haqda Turkiya din ishlari boshqarmasi tomonidan e’lon qilingan fatvoda aytiladi, deb yozadi Söscü.
Unda qayd etilishicha, Muhammad payg‘ambar (s.a.v.) ovqat tanovul qilishga nisbatan umumiy tamoyillarni o‘rnatish chog‘ida chap qo‘ldan foydalanishni maqbul deb hisoblamagan. “Chap qo‘li bilan ovqatlanish va suv ichish shaytonlarga xos, shu tufayli u o‘ng qo‘l bilan yeyish va ichishni o‘rgatgan”, — deyiladi fatvoda.
Musulmon ota-onalarga buni bolalarga yoshligidan o‘rgatish maslahat berildi. Ta’kidlanishicha, odamda jismoniy nuqsonlar bo‘lgan taqdirdagina chap qo‘l bilan ovqat yeyish va suv ichish mumkin.
Izoh (0)