Rossiya liberal demokratik partiyasi yetakchisi Vladimir Jirinovskiy Ukraina prezidenti Pyotr Porashenkoning qarorgohiga yadro quroli bilan hujum qilishni taklif qildi. Siyosatchi bunday bayonotni “Rossiya 1” telekanalining ko‘rsatuvida qilgan.
“Kichkina bomba. Xirosima kabi katta emas, kichkina. Ukraina prezidenti Porashenko qarorgohiga … 10 kilometrga ta’sir qiladi. Tushunyapsizmi?!”, — deydi siyosatchi o‘z so‘zida.
Ko‘rsatuvning boshqa ishtirokchilari, shu jumladan Vladimir Solovyev Jirinovskiyning fikriga ishonchsizlik bilan munosabat bildirgan.
Izoh (0)