Afg‘oniston janubidagi Hilmand viloyatida terrorchi-xudkush politsiyaga taslim bo‘ldi. Bu haqda mamlakat ichki ishlar vazirligi ma’lum qildi, deya xabar beradi “Interfaks”.
“5-fevral, dushanba kuni viloyat markazi Lashkargoh shahridagi Muxtor posyolkasida jangarilar narkotiklar qabul qilishga majbur etib, terakt sodir etishga buyurgan erkak politsiyaga taslim bo‘ldi. U politsiya tomonidan qo‘riqlanmoqda”, — deyiladi vazirlik xabarida.
Oldinroq viloyatning Nadali tumanida ham jinoyat sodir etishdan bosh tortgan yana bir terrorchi-xudkush rasmiylarga taslim bo‘lgandi.
Izoh (0)