AQSh Davlat departamenti “Suriya rejimi tomonidan davom ettirilayotgan kimyoviy hujumlar” haqidagi xabarlar yuzasidan xavotir bildirdi va javobgarlikni Rossiya zimmasiga yukladi. Bu haqda Davlat departamenti rasmiy vakili Xizer Nauert Twitter’da ma’lum qildi, deb yozadi “Gazeta.ru”.
“Biz Sarakib yaqinida fuqaro shaxslarga qarshi xlor gazini qo‘llash davom etayotgani haqidagi xabarlardan xavotirdamiz. Suriyada kimyoviy qurol qo‘llanilayotgani uchun javobgarlikni Rossiya o‘z zimmasiga olishi kerak”, — deb yozdi u.
Nauert qo‘shimcha qilishicha, Rossiya Suriya xalqi oldidagi majburiyatlarini bajarmagan.
Izoh (0)