Buyuk Britaniya mudofaa vazirligi past balandlikda uchgan harbiy samolyotlar va vertolyotlar bilan fermerlerning chorvasi va parrandasini qo‘rqitgani sababli to‘rt yil davomida kompensatsiya sifatida ikki million funt sterling to‘ladi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.
Parrandachilar 250 ming funt sterling olgan. Ularning so‘zlariga ko‘ra, harbiy aviatsiya texnikasi tovuqlarni shunday qo‘rqitganki, ular bir-birini bosib o‘ldirgan. Tirik qolgan qismi esa tuxum qo‘yishdan to‘xtagan va bu fermerlarning daromadiga jiddiy ta’sir qilgan.
Eng katta kompensatsiyani bir necha yuzta tovug‘i o‘lgan fermer olgan bo‘lib, uning miqdori 80 ming funt sterlingni tashkil qilgan. Mazkur fermerning fermasi ustidan Chinook vertolyoti uchib o‘tgani tovuqlarning o‘limiga sabab bo‘lgan. Tiron grafligida Puma vertolyotining parvozi oqibatida sigirlarning o‘lgani sababli 40 ming funt sterling to‘langan.
Izoh (0)