O‘zbekistonlik chegarachilar tomonidan yarador qilingan qirg‘izistonlik Bishkekka uchib keldi, deb yozadi KNews Qirg‘iziston chegara xizmatiga tayanib.
Uning ma’lumotlariga ko‘ra, qirg‘izistonlik Asan Usenbayevni qarindoshlari kutib olgan. U darhol O‘sh viloyat kasalxonasiga tibbiy ko‘rikdan o‘tish uchun jo‘natilgan. Qarindoshlarining qarori bilan u shu kuniyoq Bishkekka uchib ketadi. Usenbayevning salomatligi qoniqarli deb topilgan.
Hodisa yuzasidan tomonlarning har biri o‘z tekshiruvini olib boradi, uning natijalariga ko‘ra bundan buyon chegarada bunday hodisalar yuz berishiga yo‘l qo‘ymaslik choralari ko‘riladi.
Eslatib o‘tamiz, 27-yanvar kuni Jalolobod viloyati Olabuka tumanidagi Ajek qishlog‘i fuqarosi davlat chegarasi yaqinida mayda shoxli mol boqayotib, O‘zbekiston hududiga o‘tib ketgan. Qonunbuzar ogohlantiruvchi chaqiriqlarni va talablarni e’tiborsiz qoldirgani uchun O‘zbekiston chegarachilari qurol qo‘llashga majbur bo‘lgan. Oqibatda Qirg‘iziston fuqarosi chap oyoq sonidan yaralandi. Qo‘lga olingach, u Namangan viloyati Chust tuman kasalxonasiga yotqizilgan.
Izoh (0)