• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12586.41
    • RUB160.42
    • EUR14758.82
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +34°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Prezidentga murojaat qilib ta’qibga uchrasangiz, maxsus tugmani bosing

    1-fevraldan yangi talqini ishga tushgan Prezident virtual qabulxonasi dasturiy tizimida jismoniy va yuridik shaxslar uchun qanday qulaylik va imkoniyatlar taqdim etilmoqda? Bu haqda O‘zА xabar bermoqda.

    Foto: O‘zА

    Foto: O‘zА

              Portal orqali onlayn rejimida huquqiy maslahat olish mumkin

    Virtual qabulxonaning yangi dasturiy tizimida fuqarolarga qulay bo‘lgan shaklda turli muammo va masalalar bo‘yicha malakali yuridik yordam berilishini ta’minlovchi “Onlayn maslahatchi” moduli yaratildi. Bu modul “Ko‘p beriladigan savollar” bo‘limi bilan hamohanglikda ishlaydi.

    Foto: O‘zА

    Foto: O‘zА

    Bunda turli tarmoqlar va faoliyat sohalari bo‘yicha maslahatchi sifatida jalb etilgan malakali mutaxassislar jismoniy va yuridik shaxslarga real vaqt rejimida maslahat berib borishi va mazkur xizmat shu yil 15-fevraldan boshlab test rejimida ishga tushirilishi ko‘zda tutilgan.

    Murojaatlarning salmoqli qismini huquqiy axborot yoki ma’lumot olish maqsadida yuborilgan murojaatlar tashkil etadi. Fuqarolar hayotda uchraydigan turli-tuman masalalarda huquqiy maslahat olish uchun ham virtual qabulxonaga murojaat qilar va murojaat ko‘rib chiqilib, javobi murojaatchiga yetib borgunicha anchagina vaqt talab qilinar edi.

    “Onlayn maslahatchi” xizmati virtual qabulxona orqali savol yuborib, onlayn rejimda yuridik ma’lumotga ega bo‘lgan mutaxassislardan tezkor huquqiy maslahat olish imkoniyatini taqdim etmoqda. Endilikda u yoki bu masala bo‘yicha huquqiy axborot olish uchun bir necha kun javob xati kelishini kutish zarurati qolmaydi. Bu o‘z navbatida portalda ro‘yxatga olinayotgan, faqat huquqiy ma’lumot olish nazarda tutilgan murojaatlar soni qisqarishiga, davlat organlarida boshqa turdagi murojaatlar bilan ishlash sifati oshishiga xizmat qiladi. Jismoniy va yuridik shaxslarning huquqiy ma’lumot olishga bo‘lgan ehtiyojlari tezkor ravishda ta’minlanishiga erishiladi. “Onlayn maslahatchi” moduli orqali ko‘p beriladigan savollar muntazam tahlil qilinib, shu asosda “Ko‘p beriladigan savollar” bo‘limi to‘ldirib boriladi.

       Davlat organlari rahbarlariga Prezident virtual qabulxonasi orqali murojaat 

    “Vazirlik va idoralar rahbarlarining fuqarolarni qabul qilish jadvallari va ularga murojaat yuborish” moduli joriy qilindi. Bu bilan pm.gov.uz manzilida barcha davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy hokimliklar rahbarlarining fuqarolarni qabul qilish jadvallari yagona bazada joylashtirildi. Ya’ni, davlat organlari rahbarlarining fuqarolar qabuliga doir ma’lumotlar —qabul kunlari, vaqti, tegishli telefon raqamlari, elektron pochta manzillari, davlat organining manzili haqidagi ma’lumot bir joyda jamlandi.

    Foto: O‘zА

    Foto: O‘zА

    Ayrim hollarda jismoniy va yuridik shaxslar o‘zlarini qiziqtirgan masala uchun qaysi davlat organi mas’ul ekani borasida yetarli bilimga ega bo‘lmaydi. Shu bois mazkur modulda alohida “Funksiya va vazifalar” bo‘limi tashkil etilib, davlat organlarining qonun hujjatlariga muvofiq funksiya va vazifalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar bilan tanishish imkoniyati yaratildi.

    Hozir turli bo‘g‘indagi rahbarlarning virtual qabulxonalariga murojaat yo‘llash shakllari turlicha bo‘lib, ularning rasmiy veb-saytlarida bu haqda e’lon qilingan. Biroq, ularni izlab topishda noqulayliklar mavjud. Shundan kelib chiqib, fuqarolarga portal bazasida o‘z murojaatlarini bevosita tegishli davlat organlariga yuborish imkoniyatini taqdim etish maqsadida davlat organlari rahbarlarining shaxsiy virtual qabulxonasiga murojaat yo‘llash shakllari bir joyga jamlandi. E’tiborli jihati shundaki, bunday yo‘sinda yo‘llangan murojaatlar bilan ishlash jarayoni ham doimiy ravishda nazorat qilib boriladi.

                      Xalq qabulxonalari haqidagi barcha ma’lumotlar   

    “Xalq qabulxonalari manzillari” bo‘limida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari to‘g‘risidagi ma’lumotlarga ega bo‘lish mumkin. Barcha Xalq qabulxonalarining manzili, telefon raqamlari, elektron pochtasi, geolokatsiya ma’lumotlari va boshqa foydali materiallar qulay tartibda taqdim etilmoqda. Fuqarolar va tadbirkorlar kerakli Xalq qabulxonasi to‘g‘risidagi ma’lumotni O‘zbekiston interaktiv xaritasi orqali topishi mumkin. Alohida olingan Xalq qabulxonasining joylashgan manzili onlayn xaritada yoki sun’iy yo‘ldoshdan suratga olingan xarita rejimida ko‘rsatilgan.

    Foto: O‘zА

    Foto: O‘zА

    Foto: O‘zА

    Foto: O‘zА

                 Mahallangizni ko‘rsating va muammolar yechimiga hissa qo‘shing

    Virtual qabulxonaning yangi talqinida fuqaro murojaat yuborish jarayonida o‘zi istiqomat qilayotgan mahallani ham ko‘rsatib o‘tishi uchun imkoniyat yaratildi. Bu muammoga yechim topish darajasini yanada oshiradi. Shu yo‘l bilan murojaatda ko‘tarilgan muammo muayyan hududdagi qaysi sektorga taalluqli ekani aniqlanadi. Ayni paytda hududlarni jadal ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha sektorlar hududida qanday muammolar mavjud ekanini onlayn tahlil qilish, ularni kompleks hal etish uchun yaqin va o‘rta istiqbolga mo‘ljallangan aniq chora-tadbirlar, “yo‘l xarita”lari ishlab chiqish imkoniyatlari kengayadi.

    Foto: O‘zА

    Foto: O‘zА

                                Ta’qib bo‘lsa, tezkor xabar berish mumkin

    Virtual qabulxonadagi yana bir yangilik – murojaatchilarning huquq va erkinliklarini ta’minlash maqsadida “Ta’qib haqida xabar” moduli joriy qilingani bo‘ldi. Agar kimda-kim ariza yoki shikoyat bilan murojaat qilgani tufayli ta’qibga uchraydigan bo‘lsa, bu haqda maxsus tugma orqali tezkor xabar berishi mumkin. Bunday xabarlar huquqni muhofaza qilish organlarini jalb etgan holda ustuvor va tezkor ravishda ko‘rib chiqiladi.

    Foto: O‘zА

    Foto: O‘zА

                                               Murojaat va mas’uliyat

    Endi portalda fuqarolar o‘z murojaatini yuborishdan avval murojaat yuborish qoidalari bilan tanishgani va bu borada qonunda belgilangan mas’uliyati to‘g‘risida xabardor ekanini tasdiqlovchi belgi qo‘yadi. Bu murojaatchilarning ham mas’uliyatini oshirishga, murojaat madaniyatini yuksaltirishga turtki beradi.

    Shu paytga qadar ayrim murojaatchilar tomonidan murojaat yuborish jarayonida boshqa shaxslarga tegishli bo‘lgan yoki umuman mavjud bo‘lmagan telefon raqamini ko‘rsatish, boshqa fuqarolar nomidan murojaat yuborish holatlari uchrab turardi. Har bir murojaatni ko‘rib chiqish muayyan vaqt va resurslarni talab qilishini, aniq maqsadsiz murojaat uchun sarflangan vaqtni boshqa asosli ariza yoki shikoyat ustida ishlashga yo‘naltirgan holda muammoni hal qilish fuqarolar uchun ham, jamiyatimiz uchun ham har tomonlama foydali ekanidan kelib chiqib, yangi tizimda mobil telefon raqamini tasdiqlash mexanizmi joriy etildi.

    Bunda murojaatchi maxsus murojaat shakliga o‘z mobil telefon raqamini kiritadi. Shundan keyin murojaatchining mobil telefoniga bir martalik parol SMS-xabar shaklida yuboriladi. Natijada ham murojaat aniqligi va ishonchliligi ortadi, ham mobil telefon raqami tasdiqlanadi. Bu barcha davlat organlarining virtual qabulxonalari faoliyatiga ham tatbiq etiladi.

    Foto: O‘zА

    Foto: O‘zА

    Shu paytgacha fuqarolar va tadbirkorlar o‘z murojaatlari ko‘rib chiqilishining joriy holatini istalgan vaqtda bazaga maxsus raqamni kiritish yo‘li bilan tekshirib ko‘rish imkoniyatidan foydalanib kelayotgan edi. Yangi talqindagi tizimda murojaatning qabul qilingani va nazoratdan yechilgani to‘g‘risida tasdiqlangan mobil telefon raqamiga SMS-xabarnoma yuborilishi yo‘lga qo‘yilmoqda.

    Virtual qabulxonaning yangi talqinida davlat organlarining murojaatlar bilan ishlash sohasidagi faoliyati, ijobiy hal etilgan masalalar, virtual qabulxona va Xalq qabulxonalari to‘g‘risidagi yangiliklar bilan yanada kengroq tanishish imkoniyati yaratildi. Portalga kelib tushgan va ko‘rib chiqilgan murojaatlarning umumiy sonini, statistik ma’lumotlarni real vaqt rejimida kuzatish imkoniyati mavjud.

     

     

    01.02.2018, 09:05   Izoh (0)   94837
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Qashqadaryoda o‘g‘rilik uchun jazoga tortilgan shaxs Toshkentda yurgani ma’lum bo‘ldi

    31.01.2018, 23:33

    Toshkent shahar YHXB xodimlari tomonidan 30-yanvar kuni 3 mingdan ortiq qoidabuzarlik aniqlandi

    31.01.2018, 23:08

    O‘zbekiston tadbirkorlari 2017-yildagi faoliyatini ijobiy baholadi

    31.01.2018, 22:32

    MXXning yangi rahbari, O‘zbekistonda sezilgan davomli zilzila, Ahmadboydan olib berilgan 105 avtomobil va kunning boshqa muhim xabarlari

    31.01.2018, 22:31

    Ahmadboy ishi bo‘yicha olib qo‘yilgan 105 avtomobil egalariga qaytarib berildi (video)

    31.01.2018, 22:16

    Chinozlik Ahmadboyga nisbatan tergov harakatlari davom etmoqda

    31.01.2018, 21:54
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


     Navoiy innovatsiyalar universiteti: zamonaviy bilim sari ishonchli qadam 


    Savdo, fintex va “yashil” loyihalar: Octobank Xitoy bilan hamkorlikni qanday yo‘lga qo‘ymoqda


    “S&P” O‘zbekiston Milliy Bankining rеyting prognozini “ijobiy”ga ko‘tardi 


    Qashqadaryoning Chimyoni – Miraki haqida siz bilmagan faktlar


    Toshkent va Bangkok o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnov: Centrum Air yangi xalqaro yo‘nalishni ishga tushiradi 


    “Wyndham Garden Charvak” kurort majmuasi qurilishi qanday kechayotganini ko‘rsatdi


    Toshkentda Sting brendi homiyligida "Formula-1" filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi


    BYD Astana Motors rasmiy dilerlik tarmog‘i Toshkentdagi barcha beshta dilerlik markazida "Best Buy Day" tadbirini o‘tkazadi


    BI Group va Asakabank O‘zbekistonda tijorat ko‘chmas mulki uchun biznes ipotekasini ishga tushirdi


    Yoz osmonning o‘zidayoq boshlanadi: Silk Avia Toshkentdan Issiqko‘lga kunlik aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    Market Yandex Go Samarqandda ishga tushdi


    American University of Technology (AUT) 28-iyun - Ochiq eshiklar kuniga taklif etadi


    Qayerga investitsiya kiritish mumkin? Qanday aktiv turlari mavjud? 


    Oqtepa Lavash “Kalmar o‘yini” asosida Dalgona Boksini chiqardi

     

    Tavsiya etamiz

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39

    AQSHning Yaqin Sharqdagi harbiy bazalari soni nechta va qayerda joylashgan?

    24 iyun, 19:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Qozog‘istonda ayol avtobus bekatida farzand ko‘rdi

    Dunyo | 28 iyun, 17:15

    Pokistonda portlash tufayli kamida 16 kishi halok bo‘ldi

    Dunyo | 28 iyun, 16:55

    Klopp klublar o‘rtasidagi JCH haqida: “Bu kabi turnirlar futbolchilar salomatligi hisobiga o‘tkazilmasligi kerak”

    Sport | 28 iyun, 16:53

    O‘zbekistonda ekologiya bo‘yicha huquqbuzarlarga 115 mlrd so‘m jarimalar belgilandi

    O‘zbekiston | 28 iyun, 16:35

    Hindistondagi hodisa yagona emas: tarixdagi eng yirik aviahalokatlar qayerda sodir bo‘lgan?

    Dunyo | 28 iyun, 16:15

    Toshkentda fuqaro inspektorga pichoq bilan tajovuz qildi (video)

    O‘zbekiston | 28 iyun, 15:55

    Mashhur filmlarda ko‘pchilik sezmagan 17 xatolik

    Kino | 28 iyun, 15:35

    Rossiya Trampni qiziqtirgan litiy konni egallab oldi

    Dunyo | 28 iyun, 15:15
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.