Toshkent shahar IIBB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tadbir davomida 1992-yilda tug‘ilgan Umid Bekkamov shaxsiga aniqlik kiritish maqsadida Reabilitatsiya markaziga olib kelindi. Bu haqda IIBB matbuot markazi ma’lum qilindi.
O‘tkazilgan tezkor tadbir davomida U. Bekkamov muqaddam JKning 169-moddasi 2-qismi (o‘g‘rilik) bilan sudlanganligi va jinoyat ishlari bo‘yicha Dehqonobod tuman sudi ajrimiga asosan unga nisbatan axloq tuzatish ishlari jazosi tayinlanganligi ma’lum bo‘ldi.
Biroq u jazoni o‘tashdan qasddan bo‘yin tovlab, ro‘yxatda bo‘lgan Qashqadaryo viloyatidagi manzilida yashamasdan, Toshkent shahri hududida yurgan.
Izoh (0)