Janubiy Koreya hukumati KXDRning Pxyonchxandagi Olimpiadaga shimol koreyalik san’at ustalarini yuborish yuzasidan muzokaralar o‘tkazish taklifini qabul qildi. Bu haqda “Kommersant” xabar bermoqda.
Avvalroq Shimoliy Koreya Janubiy qo‘shnisiga 15-yanvar kuni ishchi muzokalar o‘tkazishni, unda asosan shimoliy koreyalik san’atkorlarning Janubiy Koreyaga gastrollar uyushtirish imkoniyatlarini muhokama qilishni taklif etgani ma’lum qilingan edi.
Eslatib o‘tamiz, Shimoliy va Janubiy Koreya 2018-yil 9-yanvarida muzokaralar o‘tkazdi — bu ikki tomonning 2015-yil dekabridan beri o‘tkazilgan ilk uchrashuvi bo‘ldi. Unda asosiy mavzu Janubiy Koreyaning Pxyonchxan shahridagi qishki Olimpiada o‘yinlarida shimollik sportchilarning ishtiroki masalasi bo‘lgan.
Ma’lumot uchun, Pxyonchxan mezbonlik qiladigan 2018-yilgi qishki Olimpiya o‘yinlari 9—25-fevral kunlari bo‘lib o‘tadi.
Izoh (0)