Missuri shtatining Sent-Luis shahri prokurori turmush o‘rtog‘iga xiyonati qilganiga iqror bo‘lgan shtat gubernatori Erik Greytensga nisbatan tekshiruv boshladi. Bu haqda “Izvestiya” xabar bermoqda.
“Gubernator Greytensga qarshi ayblovlar jiddiy xavotir uyg‘otadi. Uning harakatlarini tekshirish uchun rasman tergov boshlashga qaror qildim. Shtat aholisi o‘z yetakchilariga ishonishi muhim ahamiyatga ega”, — dedi prokuror.
10-yanvar kuni Greytens va uning rafiqasi siyosatchi gubernator bo‘lib saylangunga qadar xiyonatga jazm qilgani haqida bayonot bergan va vaziyat “o‘zaro hal etilgani”ni bildirgan edi.
Izoh (0)