AQShning sobiq davlat kotibi Hillari Klinton mamlakat prezidenti Donald Trampni “o‘ziga o‘xshamagan” kishilarga nisbatan irqchilik nuqtai nazaridan munosabatda bo‘lishini bildirdi. Bu haqda “Kommersant.ru” xabar bermoqda.
U Trampning Gaiti haqidagi gaplarini “nodonlik” va irqchilik deb atadi.
“8 yil avval vayronkor zilzila ro‘y bergan sana — fojiani yodga olish, Gaitining jafokash xalqiga ehtirom bildirish, Amerikaning qo‘shnilariga yordam berish niyatini tasdiqlash mavridi edi”, — deya yozuv qoldirdi Klinton Twitter’dagi sahifasida.
Tramp senatorlar bilan uchrashuvda “Gaiti, Salvador va Afrika davlatlari kabi jirkanch mamlakatlardan keladiganlar bizga kerak emas”, degandi. Keyinroq u uchrashuvda ishlatgan jumlalari keskin ohangda bo‘lgani, biroq mazmuni unday emasligini ma’lum qildi.
Izoh (0)