10-yanvar kuni O‘zbekiston bosh vazirining o‘rinbosari – Qishloq va suv xo‘jaligi vaziri Zoyir Mirzayev Fransiyaning O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Violen Biyet de Vilmorni qabul qildi. Bu haqda O‘zbekiston hukumat portali xabar bermoqda.
Uchrashuvda meva-sabzavot mahsulotlarini qayta ishlash, qoramolchilik, qo‘ychilik, echkichilik, yilqichilik va ot sportini rivojlantirish, naslchilik ishlarini takomillashtirish, nasldor hayvonlar bosh sonini ko‘paytirish orqali soha samaradorligini oshirish istiqbollari haqida so‘z bordi.
Izoh (0)