10-yanvar kuni O‘zbekiston Prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatilla Irgashev boshchiligidagi delegatsiya Afg‘onistonga 25 ta avtobus va uchta traktor sovg‘a qilishga bag‘ishlangan tadbirda ishtirok etish uchun Xayraton shahriga bordi. Bu haqda “Daryo” manbasi xabar berdi.
Texnikani topshirish marosimida Afg‘oniston prezidenti apparatining moliya boshqarmasi boshlig‘i Ahmad Vafo Amin, transport vaziri Muhammad Hamid Taxmosiy, xalq ta’limi vaziri o‘rinbosari Ahmadseyr Mahjur, Balx viloyati rahbari o‘rinbosari Muhammad Bashir Tavhidiy hamda mamlakat ishbilarmonlik doirasi vakillari ishtirok etdi.
Ismatulla Irgashev O‘zbekiston uchun Afg‘oniston bilan barcha sohalarda o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish muhim ahamiyatga ega ekanligini ta’kidladi.
Izoh (0)