Misrlik mashhur yozuvchi, O‘rta Osiyo ishlari bo‘yicha Qohira universiteti tadqiqotchisi Sayyid Ahmad Abduh Tarabekning “O‘zbekiston va islom sivilizatsiyasi o‘choqlari” nomli kitobi nashrdan chiqdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
Yozuvchi 2014-yildan beri O‘zbekistonga parlament va Prezident saylovlarida xalqaro kuzatuvchi sifatida tashrif buyurib, O‘zbekiston diyoridan chiqqan allomalar, tarixiy shaxslar va bugungi islohotlar haqida maqolalar yozib turadi.
Uning ushbu kitobi Movarounnahr hududidan yetishib chiqqan va tafsir, hadis, fiqh, tilshunoslik, matematika, tibbiyot, falsafa, astronomiya va boshqa ilmlar rivojiga ulkan hissa qo‘shgan allomalarga bag‘ishlangan.
Kitobda Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Imom Moturidiy, Imom Zamaxshariy, Abu Ali Ibn Sino, Muso Xorazmiy, Abu Rayhon Beruniy, Qaffol Shoshiy kabi yigirmadan ortiq allomalar aynan hozirgi kundagi O‘zbekiston hududidan ekanligini barchaga tanishtirishni maqsad qilgan.
Bundan tashqari, kitobda Amir Temur va temuriylar, g‘aznaviylar va xorazmshohlar haqida ham ma’lumotlar berib o‘tgan.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Janubiy Koreyaning Ab-Road jurnali O‘zbekiston haqida kitob chop etgani ma’lum qilingandi.
Izoh (0)