AQSh Davlat departamenti o‘z saytida dunyoning barcha mamlakatlari to‘rtta toifaga bo‘lingan interaktiv xaritani joylashtirdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Birinchi toifaga kiritilgan davlatlarga amerikaliklar oddiy xavfsizlik choralariga rioya etib borishi mumkin. Ikkinchi toifaga hushyorlikni oshirish talab etiladigan mamlakatlar jamlangan.
Uchinchi toifadan tashriflarni qayta ko‘rib chiqish va xavfsizlik borasidagi jiddiy xatarlar tufayli borishdan tiyilish tavsiya qilingan davlatlar o‘rin oldi. Ular qatoriga Rossiya ham kiritildi.
To‘rtinchi guruhga AQSh fuqarolariga borish umuman tavsiya etilmaydigan 10 dan ortiq davlat, jumladan, Afg‘oniston, Iroq, Eron, Liviya, Shimoliy Koreya, Janubiy Sudan, Suriya va Yaman kiritildi.
Izoh (0)