Vashington “bunga maqbul vaqt va tegishli sharoitlarda” KXDR rahbariyati bilan muzokaralarga tayyor. Bu haqda AQSh prezidenti Donald Tramp Janubiy Koreya yetakchisi Mun Chje In bilan telefon orqali muloqotida ma’lum qildi, deya xabar beradi “Kommersant”.
Shu bilan birga, ikki davlat rahbari ham Pxenyanga bosim o‘tkazishda davom etish zarurligini bildirdi.
Mun Chje In Trampni Janubiy Koreya rahbariyati va KXDR rasmiylari o‘rtasidagi muzokaralar natijalari bilan tanishtirdi. AQSh prezidenti “mazkur muzokaralar o‘tkazilishini ta’minlashga sezilarli ta’sir ko‘rsatgani”ni ta’kidladi.
Izoh (0)