Sharqiy Xitoy dengizida quruq yuk tashiydigan kema bilan to‘qnashganidan so‘ng yona boshlagan neft ortilgan SANCHI kemasi portlab ketdi, deb xabar beradi “Korrespondent.net”.
“10-yanvar 13:35 da SANCHI tankerida portlash yuz bergani uchun yong‘inni o‘chirish ishlari to‘xtatilgan, qidiruv-qutqaruv kemalari xavfsiz masofaga olib borilgan. Yong‘inni o‘chirish ishlari samara bermadi”, — deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, portlash ekologiyaga yashirin xavf soladi.
Izoh (0)