2018-yili prezidentlik saylovida ishtirok etadigan Vladimir Putinning saylovoldi shtabini kimlar boshqarishi ma’lum bo‘ldi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Rogachyov nomli tibbiy markaz rahbari Aleksandr Rumyansev, KamAZ bosh direktori Sergey Kogogin va “Sirius” iqtidorli bolalar markazi yetakchisi Yelena Shmeleva Putin shtabining hamraislari bo‘ldi.
Putin 10-yanvar, chorshanba kuni kechki payt Moskvadagi saylovoldi shtabida bo‘ldi. Bu yerda imzolarni tekshirish bilan shug‘ullanayotgan volontyorlar bilan bilan ko‘rishdi, so‘ng Rumyansev, Kogogin va Shmeleva bilan alohida gaplashdi.
U shtab raislariga mazkur “norasmiy va muhim ish”da qatnashishga rozilik berganlari uchun minnatdorlik bildirdi.
Izoh (0)