AQSh prezidenti Donald Tramp Davlat departamenti maxfiy maktublarini shaxsiy kompyuteridan jo‘natgan Xillari Klintonning yordamchisini qamashga chaqirdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
“Xillari Klintonning vijdonsiz yordamchisi Xuma Abedin oddiy xavfsizlik qoidalariga rioya etmaganlikda ayblanmoqda. U xorijiy josuslar qo‘liga maxfiy parollarni topshirib qo‘ydi. Qamash kerak!” — deb tahdid qildi Tramp Twitter’dagi sahifasi orqali.
Oldinroq Abedin sobiq turmush o‘rtog‘i, kongressmen Entoni Uiner ham foydalanishi mumkin bo‘lgan uy kompyuteridan 2,8 ming idoraviy hujjatni jo‘natgani ma’lum bo‘lgandi.
Izoh (0)