Parijga “Eleanor” dovuli keltirgan kuchli shamol tufayli 3-yanvar, chorshanba kuni Eyfel minorasi vaqtincha yopildi. Bu haqda minora ma’muriyati ma’lum qildi, deb xabar beradi “RIA Novosti”.
Mamlakat meteorologiya xizmatiga ko‘ra, tezligi soatiga 140 kilometr yetayotgan kuchli shamol tufayli 51 departamentda xavfning to‘q sariq darajasi joriy etildi.
Bir necha departamentda dovul tufayli jami 9 kishi jabrlandi, ulardan 4 nafari og‘ir holatda. 200 ming xonadon elektr ta’minotidan uzildi.
Izoh (0)