Rossiya Markaziy saylov komissiyasi mamlakat prezidentligiga nomzod ilgari surish bo‘yicha 60 ta bildirishnoma oldi. Bu haqda EADaily xabar bermoqda.
MSK a’zosi Yevgeniy Shevchenkoga ko‘ra, komissiya mustaqil nomzodlardan hujjatlarni 7-yanvar, partiya nomzodlaridan esa 12-yanvar yarim tungacha qabul qilib oladi.
60 ta bildirishnomadan 21 tasi siyosiy partiyalardan olindi. Ulardan birining nomzodi — LDPR yetakchisi Vladimir Jirinovskiy rasman ro‘yxatga ham olindi.
Shevchenko nomzodlar ko‘pligini taqdim etiladigan imzolar sonining kamaygani va o‘tgan saylovlarga nisbatan partiyalar soni oshgani bilan izohladi.
Izoh (0)