Rossiyalik prankerlar Vladimir Kuznetsov (Vovan) va Aleksey Stolyarov (Leksus) Yangi yil oqshomida Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenkoga qo‘ng‘iroq qildi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Prankerlardan biri o‘zini NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg sifatida tanishtirdi. Ukraina yetakchisi bundan xursand bo‘lib ketdi va uni Rojdestvo hamda Yangi yil bilan tabrikladi.
Bunga javoban Leksus Poroshenko haddan ziyod ko‘p aroq va gorilka ichmasligiga umid bildirdi. Shundan so‘ng Ukraina prezidenti telefonni qo‘yib qo‘ydi.
Prankerga ko‘ra, Poroshenko so‘zlashuv payti ham shirakayf ekanligi sezilib turgan.
Izoh (0)