AQShning Texas shtatida erkak sovg‘aga olgan samuray qilichi bilan dugonasining boshini tanasidan judo qildi. Bu haqda Houston Chronicle xabar bermoqda.
Qotil 45, uning qurboni 36 yoshda ekanligi ma’lum. Qarindoshlari erkakni jinoyat joyidan topdi.
Jinoyatchida avval ruhiyat bilan bog‘liq muammolar kuzatilgani bildirilmoqda.
Hozirda erkak sud qarorini kutmoqda. Uni bungacha garov evaziga qo‘yib yuborish rad etildi.
Izoh (0)